Xabaringiz bor, xokkey böyiça Toşkentning “Humo” klubi yangi mavsumni Rossiyaning Oliy xokkey ligasida ötkazadi, deb yozadi MOQ matbuot xizmati.

Bugun mazkur musobaqaning taqvimidan örin olgan dastlabki uçraşuvlari ma'lum böldi. Unga köra, “Humo” klubi dastlabki öyinni safarda 10 sentabr kuni Xitoyning “Tseng Tou” jamoasiga qarşi olib boradi. Toşkentda ötadigan ilk tarixiy öyin esa 26 sentabr kuniga belgilangan bölib, unda Rossiyaning “Dinamo Tver” klubi mehmon böladi.  

Ma'lumot uçun, Oliy xokkey ligasida Rossiya, Xitoy, Qozoğiston va bu mavsumdan e'tiboran Özbekistondan jami 32 jamoa iştirok etadi. Unda klublar divizion va konferensiyalarga ajratilgan holda öyin ötkazişadi. Mazkur turnir maqomi böyiça Kontinental xokkey ligasidan keyingi örinni egallaydi.