Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qaror bilan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini taşkil etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardoşli mahsulotlar va xizmatlar işlab çiqilişini rivojlantiriş va işlab çiqariş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, ularning içki va taşqi bozorlarga kirib borişi, innovatsion işlanmalarni rağbatlantiriş Texnoparkning asosiy yönalişlaridan hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasi hududida röyxatdan ötkazilgan yuridik şaxslar Texnopark rezidenti maqomini olişga talabgorlik qilişlari mumkin.
Unga köra, yuridik şaxs röyxatga oliş uçun zarur bölgan barça hujjatlarni ilova qilgan holda (biznes-reja va b.) Direksiyaga ariza beradi.
Direksiya 15 kundan ortiq bölmagan muddatda hujjatlarni körib çiqadi.
Röyxatga oliş töğrisida qaror qabul qilingan taqdirda, 5 iş kunida Texnopark rezidentining faoliyati şartlari töğrisida şartnoma tuziladi.
Direksiya şartnoma tuzilgandan keyin 3 iş kuni mobaynida yuridik şaxsning röyxatga olinganligi töğrisida guvohnoma beradi.













