Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumani prokurori Timur Normuhammedov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu ma'lumot Boş prokuratura matbuot xizmati tomonidan tasdiqlandi.
Ma'lum qilinişiça, Ravşan Tölqinoviç Hakimov Mirzo Uluğbek tumanining yangi prokurori etib tayinlangan. U bungaça Toşkent şahar prokuraturasi katta prokurori lavozimida işlab kelayotgandi.
Timur Normuhammedov 2015 yildan buyon Mirzo Uluğbek tumani prokurori lavozimida edi. Ayni vaqtda uning işdan ketiş sababi ma'lum emas.
Bundan avvalroq Toşkent şahri prokurori Şerzod Obloqulov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.

















