Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining buyruğiga asosan 3-darajali Davlat adliya maslahatçisi Bahriddin Bahodiroviç Valiyev Toşkent şahar prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
U bu lavozimda 2017 yil yozidan buyon işlab kelgan va şu kunlarda işdan olingan Şerzod Obloqulov örnini egalladi.
Bahriddin Valiyev avval ham (2010 yilgaça) Toşkent şahri prokurori bölgan.
U 2017 yilning martida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Prokuratura töğrisida»gi Qonuniga asosan Buxoro viloyati prokurori etib 5 yil muddatga tayinlangan va mazkur prokuratura hay'ati raisi etib tasdiqlangandi.
Bundan avvalroq Mirzo Uluğbek tumani prokurori Timur Normuhammedov egallab turgan lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.

















