Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Termiz shahar hokimining «Damas»lar bo‘yicha qarorini bekor qildi
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Termiz shahrida harakatlanayotgan yo‘nalishli taksilar («Damas») faoliyatini cheklash bo‘yicha Termiz shahar hokimining qarori yuzasidan olib borilgan o‘rganish ishlarini yakunladi va ushbu holat bo‘yicha tegishli ish qo‘zg‘atdi.
Qo‘mita axborot xizmati xabariga ko‘ra, Termiz shahar hokimining 2019 yil 13 iyundagi “Termiz shahrida transport xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi K-1773-sonli qarori bilan shahar ichkarisida harakatlanayotgan yo‘nalishli taksilar («Damas») harakatini 2019 yil 1 iyuldan to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatmasi O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni talablariga zid ravishda qabul qilinganligi xolati Qo‘mitaning Maxsus komissiyasini joriy yilning 8 iyulida o‘tkazgan yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.
Termiz shahar hokimligi vakili ishtirok etgan Komissiya yig‘ilishida hokimlik tomonidan qabul qilingan qarorning ayrim bandlari O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga zidligi, shundan kelib chiqqan xolda, aniqlangan qonunbuzilish holati yuzasidan tegishli ajrim chiqarilib, hokimlikka nisbatan ish qo‘zg‘atilgani to‘g‘risida tushuntirish berildi.
Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan Termiz shahar hokimligiga ushbu qarorning tegishli bandini, ya'ni shahar ichida harakatlanayotgan yo‘nalishli taksilar («Damas») harakatini 2019 yil 1 iyuldan to‘xtatish bo‘yicha topshirig‘ini bekor qilish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
17:03 / 23.05.2026
Termizda quruvchiga 217 tup daraxtni kesib tashlashda yordamlashgan sobiq mansabdor jazoga tortildi
08:34 / 16.04.2026
Surxondaryoda mansabdorning pul talab qilish rejasi fosh etildi
14:30 / 18.03.2026