2019 yil 18 iyul kuni Senatda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi böyiça vitse-prezidenti Siril Myuller boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar qilmoqda.

Uçraşuvda Özbekiston va Jahon banki örtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari, uning mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy loyihalarda iştirok etiş rejalari haqida fikr almaşildi. Jumladan, hozirgi vaqtda ikki tomonlama hamkorlik portfeli 5,3 mlrd. dollar miqdoridagi 40 dan ortiq kredit liniyalarini öz içiga oladi.

Bank vitse-prezidenti Özbekiston Respublikasi prezidentining mamlakat butun aholisi hayoti uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga va har bir fuqaroning manfaatlarini, jumladan “Obod qişloq”, “Har bir oila – tadbirkor” kabi dasturlar doirasida ta'minlaşga qaratilgan keng kölamli islohotlar va yangilanişlar böyiça siyosatiga yuqori baho berdi.

Bolalar mehnatiga çek qöyiş, majburiy mehnatning oldini oliş, mehnat töğrisidagi qonunçilik normalarini xalqaro standartlarga moslaştiriş böyiça çoralar köriş, şuningdek gender tenglikni ta'minlaş masalalarida Özbekistonning erişgan yutuqlari qayd etildi. Mamlakatda yuz berayotgan ijobiy yangilanişlarda va amalga oşirilayotgan islohotlarda Oliy Majlisning faol qonunçilik faoliyati orqali qöşayotgan hissasiga alohida urğu berildi.

Sönggi yillarda Özbekiston Respublikasi prezidenti rahbarligida valuta bozorini erkinlaştiriş, infratuzilmaviy loyihalarni amalga oşiriş, savdo va investitsiyalar yölidagi tösiqlarni olib taşlaş, investitsiyalarni jalb qiliş va eksportni rağbatlantiriş maqsadida biznes yuritiş va bozorlarni oçiş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş orqali milliy iqtisodiyotni va ijtimoiy sohani isloh qiliş borasida salmoqli qadamlar taşlangani ta'kidlandi. Amalga oşirilgan işlar aholi farovonligi darajasini oşiriş va mamlakat iqtisodiy ösişini ta'minlaş yölida sezilarli natijalarga erişiş imkonini berdi.

Uçraşuv yakunlari böyiça fuqarolarning turmuş darajasi va daromadlarini yanada oşirişga, şuningdek aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga qaratilgan yangi qonunlarni işlab çiqişda parlament salohiyatini mustahkamlaş, bank ekspertlari kömagidan foydalaniş böyiça hamkorlikni davom ettirişga kelişib olindi, deyiladi xabarda.