Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan klinik ölim holatidagi bola otalaringolog-şifokor tomonidan qutqarib qolingani tasvirlangan videolavha aholi tomonidan e'tirof etilişi fidoyi şifokorlar mehnatiga berilgan munosib baho böldi.
Mazkur jarayonda qahramonlik körsatgan 41 yoşli şifokor Sergey Vladimiroviç Tobias «Soğliqni saqlaş a'loçisi» kökrak nişoni bilan taqdirlanib, uşbu mukofot Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şadmanov tomonidan toşirildi.

«Vazir şifokorga mukofotni topşirar ekan, xalqimiz salomatligini asraşda tibbiyot xodimlarining örni nihoyatda muhimligini e'tirof etgan holda, bunda tajribali hamda öz vazifasiga mas'uliyatgi soha fidoyilarining xizmati katta ekanini ta'kidladi.
Öz navbatida Sergey Tobias sönggi yillarda tibbiyot rivojiga, tibbiyot xodimlarini qöllab-quvvatlaşga davlatimiz tomonidan alohida e'tibor qaratilayotgani sababli soha yanada rivojlanib, aholining sifatli va samarali tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyati kengayib borayotganini qayd etib, bundan buyon ham bor bilim va tajribasini insonlar salomatligini asraş yölida safarbar etişini ta'kidlab ötdi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.

Eslatib ötamiz, Toşkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan, poytaxtimizdagi xususiy şifoxonalardan birida faoliyat yuritib kelayotgan Sergey Tobias garçi reanimatolog bölmasa ham kasb mahoratini namoyiş etib, klinik ölim holatida olib kelingan 2 yoşli bola Umar Nurillayevni qutqarib qolgandi. Şundan söng bemor 3-son bolalar klinik şifoxonasiga tez yordam maşinasida, şifokor körigi ostida yuborilgan. Uşbu şifoxonada barça davolaş muolajalari amalga oşirilgan.
«Farzandimni qutqarib qolgan şifokordan judayam minnatdorman. Ota sifatida şifokorning bu fidoyiligini heç narsaga qiyoslay olmayman. Bu holat men uçun haqiqiy qahramonlik. Uşbu jarayonda bitta şifokor timsolida minglab şifokorlarimizning ezgulikka boy faoliyatining mas'uliyatini, şarafini yanada çuqurroq his etdim. Tibbiyot sohasidagi jadal olib borilayotgan islohotlar ham bejiz emas. Buning ortida minglab insonlarning salomatligi, quvonçi mujassam ekan», – deydi 2 yoşli Umar Nurillayevning otasi Dilşod Razzoqov.



















