Jizzax viloyatining Foriş tumanida joylaşgan Foriş harbiy toğ poligonida V xalqaro armiya öyinlarining taşkillaştirilişiga bağişlangan press tur bölib ötdi. Unda mamlakatimizdagi bir qator OAV vakillari va blogerlar iştirok etişdi.

Ötkazilgan matbuot anjumanida Özbekiston Respublikasi mudofaa vazirining örinbosari, general-mayor Azizbek Ikromov xalqaro armiya öyinlari iştirokçi davlatlar qurollik kuçlari bölinmalari va jamoalari örtasidagi sportning harbiy-amaliy turlari böyiça ötkaziladigan xalqaro kompleksi musobaqa hisoblanişini aytib ötdi.


«ARMY» xalqaro öyinlari 2015 yilda Rossiya Federatsiyasiga asos solingan. Dastlabki musobaqada 17 ta davlatdan 57 ta jamoa qatnaşgan. 2-Xalqaro armiya öyinlari 2016 yilda ötkazilgan 19 ta davlatdan jamoalar qatnaşişgan. 3-Xalqaro öyinlar «ARMY–2017» 5 ta davlat hududida taşkillaştirilgan va unda 28 ta davlatdan 82 ta jamoa qatnaşgan.
Ötgan yilgi «ARMY–2018» 4-Xalqaro armiya öyinlari 7 ta davlat hududida taşkillaştirilib, 32 ta davlatdan 189 ta jamoa qatnaşgan bölsa, bu yilgi «ARMY–2019» öyinlari 10 davlat hududida bölib ötadi. Jumladan, Özbekistonda ham. Unda 85 ta davlat iştirok etişi kutilmoqda. 6 mingdan ortiq iştirokçi 32 komplekt medallar uçun kuraş olib borişadi.
25 iyuldan 19 avgustga qadar ötadigan musobaqada Özbekiston Respublikasi qurolli kuçlari 14 ta yönaliş: «Qöşin razvedkasi a'loçisi», «Xavfsiz marşrut», «Elburs halqasi», «Yöl patruli», «Sodiq döst», «Merganlar marrasi», «Qurol ustasi», «Musaffo osmon», «Tank biatloni», «Artilleriya olovi ustasi», «Dala oşxonasi», «Harbiy ralli», «Rembat» böyiça iştirok etadi. Şuningdek, «Harbiy-tibbiy estafeta» musobaqasiga mezbonlik qilmoqda.
Özbekistonda ötadigan «Harbiy-tibbiy estafeta» harbiy vraçlar va tibbiy bölimlar örtasidagi öq otiş, maxsus tibbiy könikmalarni (birinçi yordam, yaradorni jang maydonidan olib çiqiş va boşqalarni) bajariş böyiça musobaqadir. Musobaqa individual mahorat va jamoa birinçiligi kabi ikki bosqiçda olib boriladi.
Foriş toğ poligonida taşkillaştiriladigan 12 ta davlat — Armaniston, Angola, Vetnam, Zimbabve, Myanma, Ozarboyjon, Tojikiston, Xitoy, Qozoğiston va Özbekiston iştirok etadi. Venesuela kuzatuvçi maqomida qatnaşadi.






































