Bugun, 26 iyul kuni Vetnam Sotsialistik Respublikasi harbiy delegatsiyasi Xalqaro armiya öyinlarida iştirok etiş uçun “Foriş” poligoniga yetib keldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.


Xalqaro armiya öyinlarini ötkazişga möljallangan Özbekistonning “Foriş” toğ-dala poligoni joriy yilning avgust oyida V “Xalqaro armiya öyinlari – 2019” doirasida “Harbiy-tibbiy estafeta” tanloviga birinçi marta mezbonlik qiladi.
Mehmonlarni Mudofaa vazirligi mas'ul ofitserlari, öquvçi yoşlar karnay-surnay sadolari ostida özbekona udumlar bilan tantanali ravişda kutib oldi.




4 avgust kuni start oladigan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovida Armaniston, Angola, Ozarbayjon, Belarus, Rossiya, Zimbabve, Qozoğiston, Myanma, Tojikiston va Venesuela (kuzatuvçi maqomida) kabi davlatlar ğoliblik uçun özaro kuraşadi.
















