Özbekiston ilk marotaba mezbonlik qilayotgan “Yöl patruli” musobaqasida Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi Mudofaa vazirliklarining jamoalari iştirok etmoqda, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

“Yöl patruli” musobaqasining hakamlar hay'ati tarkibiga boş hakam sifatida polkovnik Zafar Bozorboyev tayinlangan. Şuningdek, hakamlar hay'ati tarkibiga Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda iştirokçi davlatlarning boy tajriba va malakaga ega ofitserlari tayinlangan.

Maydonga musobaqa hakamlar hay'ati va iştirokçi jamoalar kirib keldi. Şundan söng, Özbekiston Respublikasi davlat bayroği hamda Xalqaro Armiya öyinlari bayroği olib kirildi.

VI Xalqaro armiya öyinlari doirasidagi “Yöl patruli” musobaqasining tantanali oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov, Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev iştirok etdi va musobaqa iştirokçilarini samimiy qutladi.

Tadbirda şuningdek, harbiylarning oila a'zolari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi a'zolari, faxriylar va yoşlar iştirok etdi.

Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qöşinlaridagi mavjud maxsus texnikalarning körgazmali ötişi havola etildi.