Markaziy harbiy okrug poligonida xalqaro armiya öyinlarining «Qurolsoz usta», «Xavfsiz muhit» va «Dala oşxonasi» musobaqalar ötkazilmoqda.
Özbekiston Mudofaa vazirligi jamoalari bu yil mazkur VIII Xalqaro armiya öyinlarining 20 ta yönalişida iştirok etyapti.


Bu yilgi Xalqaro armiya öyinlari 15 avgustdan 27 avgustga qadar davom etadi. Joriy yilgi «ArMI – 2022» öyinlarida dunyoning 37 davlatidan jami 257 jamoa iştirok etmoqda. Musobaqalar 12 ta mamlakat hududida ötkazilyapti.
Xususan, Özbekiston ilk bor musobaqalarning 5 ta yönalişiga mezbonlik qiladi. Jizzaxdagi «Foriş» poligonida «Dala oşxonasi» va «Qurolsoz usta» musobaqalari, Samarqanddagi «Sazagan» poligonida «Xavfsiz muhit», Şarqiy harbiy okrugda «Yöl patruli» va Çirçiq oliy tank qömondonlik-muhandislik bilim yurtida «Sodiq döst» musobaqasi ötkaziladi.


2021 yil xalqaro armiya öyinlarida 42 ta davlatning jami 277 ta jamoasi özaro kuç sinaşgan bölib, unda Özbekiston jamoalari 24 yönalişda iştirok etgan edi.

















