Özbekistonda qirğizistonlik harbiy xizmatçining jasadi topildi. Bu haqda Qirğiziston Çegara xizmati xabar qildi, deb yozmoqda Kaktus.media.
Naşr ma'lumotiga köra, 29 iyul kuni Özbekiston hududidagi Oq-Buloq daryosidan harbiy qism xizmatçisining jasadi topilgan. U 19 iyul kuni Oq-Buloq daryosiga tuşiş çoğida sirğanib ketib, daryoga qulagan.
Qidiruv işlari Qirğiziston Davlat çegara xizmati va Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatçilari tomonidan, ikki respublika FVV xodimlari bilan hamkorlikda, ön sutka davomida olib borildi. Harbiy xizmatçining jasadi kuçli oqim tufayli voqea joyidan 11 km uzoqlikda aniqlandi.
Jasadni Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvçilari topgan. 29 iyul kuni harbiy xizmatçining jasadi Qirğizistonga olib ketildi.
Ayni paytda tegişli ekspertizalar va tadbirlar ötkazilmoqda.

















