O‘zbekistondagi ishsizlik darajasi haqida rasmiy ma'lumot berildi
2019 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 9,1 foizni tashkil etdi, O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba iqtisodiyotning rasmiy sektorida band kishilar soni 300 mingdan ortdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar tarqatdi.
2019 yil iyun oyida vazirlikning Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan respublikaning 104 ta shahar va tumanlarida ijtimoiy tadqiqot amalga oshirildi. Tadqiqot davomida fuqarolarning 462 ta o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 4 880 ta uy xo‘jaligi va 25 925 nafar fuqaro qamrab olindi.
Ishga joylashishga muhtoj aholi soni 1 342,6 ming shaxsdan iborat bo‘lib, yoshlar orasidagi (30 yoshgacha) ishsizlik darajasi 15,1 foizni, 15-25 yoshdagilar o‘rtasida – 16,8 foizni, ayollar orasida esa 12,7 foizni tashkil etdi.
Mehnat resurslari soni 18 964 ming kishi bo‘lib, 2018 yilning yanvar-iyun oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 1 foizga ortgan. Iqtisodiy faol aholi soni 2018 yil mos davri ko‘rsatkichlariga qaraganda 181,5 mingga yoki 1,2 foizga o‘sgan. Iqtisodiy nofaol aholi soni 4 213,0 kishini tashkil etdi (0,1 foizga ortgan), bunday ko‘rsatkich homiladorlik ta'tili, tug‘ish ta'tili yoki 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar parvarishidagi ayollar sonining 4,4 foizga oshishi bilan izohlanadi. O‘z xohishiga ko‘ra band bo‘lmaganlar soni keskin kamayib, 805,6 mingdan 734 ming (8,9 foiz)ga tushgan.
Mavzuga oid
17:36 / 10.12.2024
XMT Markaziy Osiyodagi ishsizlik darajasi bo‘yicha ma’lumot berdi
07:50 / 02.11.2024
Bandlik vazirligi ishsizlik darajasi kamayganini ma’lum qildi
22:02 / 11.09.2024
Germaniyadagi yirik kompaniyalardan birining 15 mingga yaqin xodimi ishsiz qolishi mumkin
22:14 / 04.01.2024