Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xonobodda elektromobil ishlab chiqarish tashkil etiladi
Andijon viloyatining Xonobod shahrida elektromobil ishlab chiqarish tashkil etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining «2019 - 2022 yillarda Andijon viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilab qo‘yilgan.
Andijon viloyatida 2019 - 2022 yillarda amalga oshiriladigan sanoat loyihalari ro‘yxatining mashinasozlik va ehtiyot qismlar sanoati qismida aytilishicha, Xonobodda elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Loyiha tashabbuskori «Oltin yer himoya» MChJ bo‘lib, loyiha qiymati - 1 000,0 mln so‘m. Ushbu qiymatning bari - 1 000,0 mln so‘m korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan jalb etiladi.
Hujjatda ko‘rsatilishicha, loyihani amalga oshirish natijasida 10ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Ishga tushish muddati - 2021 yil iyul, mas'ul - mahalliy hokimlik.
Bundan tashqari, Xonobod shahrida avtomobillar uchun plastmassa detallar ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi amalga oshiriladi. Plast Detal Tech MChJ tashabbuskor bo‘lgan loyiha qiymati 600,0 mln so‘m. Ishga tushish muddati - 2019 yil dekabr.
Bundan oldin, Andijonda yangi avtomobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha amalga oshirilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
20:05 / 15.07.2026
“Elektromobil saratonga olib keladi deyish mutlaqo asossiz” - mutaxassis
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
22:34 / 13.07.2026
Fiat Topolino mini-elektromobil AQSh bozoriga chiqdi
23:59 / 12.07.2026