Vazirlar Mahkamasining “2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi:

2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrini kompleks rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish chora-tadbirlari dasturini moliyalashtirish manbalari;

Sanoat yo‘nalishida amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;

Xizmatlar sohasi, servis infratuzilmasi, turizm va hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;

Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;

Muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport infratuzilmasini takomillashtirish, aloqa tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish hamda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari;

Ta'lim muassasalari, sog‘liqni saqlash, madaniyat va boshqa turdagi ijtimoiy soha obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash bo‘yicha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;

Irrigatsiya tizimini yaxshilash chora-tadbirlari.

Qashqadaryo viloyati hokimligi:

a) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda:

bir oy muddatda Dasturga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish, qurilish-montaj ishlarini bajarish, zamonaviy texnologik asbob-uskunalar bilan butlash va loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan tarmoq jadvallarini ishlab chiqib tasdiqlaydi;

tasdiqlangan dastur parametrlarining so‘zsiz bajarilishini ta'minlaydi va bunda investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning mo‘ljallangan hajmlari o‘zlashtirilishini va yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarda tutadi;

b) muammoli masalalarni muntazam ravishda ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va zarur amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda, loyihalar bajarilishi holati yuzasidan tizimli monitoring olib boradi;