Vazirlar Mahkamasining “Respublikada quyonçilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi hamda “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi tizimidagi Çorvaçilik va parrandaçilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida Quyonçilik seleksiyasi va genetika markazini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
quyonçilik sohasida seleksiya-naslçilik işlarini takomillaştiriş va raqobatbardoş mahalliy texnologiyalar yaratiş, sun'iy uruğlantiriş işlarini rivojlantirişga yönaltirilgan ilmiy tadqiqotlarni bajariş;
fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar asosida quyonçilik tarmoğida innovatsion texnologiyalar va ilğor konstruktorlik namunalarini amaliyotga joriy etiş;
quyonlarning sermahsul zotlari va duragaylarini köpaytiriş böyiça örta va uzoq muddatga möljallangan seleksiya-naslçilik konsepsiyasini va tarmoq dasturlarini işlab çiqişda iştirok etiş;
quyonlarning mahalliy zotlarini takomillaştiriş va naslini yaxşilaş böyiça seleksion va genetik ilmiy tadqiqotlarni ötkaziş hamda quyonçilik tarmoğini kelgusida rivojlantiriş böyiça takliflar işlab çiqiş;
sohaga ilğor xorijiy tajribalar, ilmiy, innovatsion işlanmalarni joriy qiliş hamda genetik tadqiqotlar ötkaziş böyiça xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik örnatiş;
ta'lim, fan va işlab çiqarişni tizimli asosda uzviy integratsiyalaşni, quyonçilik tarmoğining yuqori malakali soha mutaxassislariga bölgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça takliflar tayyorlaş.
Çorvaçilik va parrandaçilik ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Quyonçilik seleksiyasi va genetika markazi xodimlarining umumiy çeklangan soni 16 nafar bölgan tuzilmasi tasdiqlandi.
Belgilanişiça:
Markaz direktori Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi hamda Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi bilan kelişgan holda Çorvaçilik va parrandaçilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori tomonidan lavozimiga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi;












