Prezident tanqidi va talabidan söng Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov ham jamoatçilikka yuzlanib, yöl qöyilgan xato-kamçiliklari uçun uzr söradi. U Urganç tumanidagi Çondirqiyot qişloğida uy-joylarini qurib oliş bilan maşğul sobiq Aşxobod mahallasi ahli bilan uçraşgan.

«Aziz eldoşlar, hurmatli Aşxobod mahallasi ahli, butun Xorazm viloyati jamoasi.

Bugun juda afsusda, iztirob bilan sizlarning oldingizda turibman. Sizlar bilan boşlagan işimizning yakunida, biz öylamay qilgan işimiz natijasida, Aşxobod mahallasida yaşayotgan juda köp aholi xonadonlarini köçiramiz, degan maqsadda sizlarning köp aziyat çekişlaringiz, qiynalişingizga sababçi böldik.

Albatta, bu yerda men özimni aybdor deb bilaman. Sababi agarda buni oldinroqdan rejalaştirib, hamma hisob-kitoblarini qilib, sizlar bilan hisoblaşib qilganimizda bu voqealar bölmas edi.

Albatta, biz Aşxobod mahallasini, bilasizlar, sanoat zonasida joylaşgan, heç qanday infratuzilmasi yöq, eski joylar ekanini ham bilamiz. Lekin biz tezroq bu joydan yaxşiroq şaroitga köçiramiz, deb turib, öylanmay bosgan qadamimiz natijasida Aşxobod mahallasida yaşovçi köpçilik xonadonlarimizga nafaqat moddiy, hatto soğligiga ham zarar keltirdik.

Bugun sizlarning oldingizda turib, sizlardan keçirim söramoqçiman. Bunday masalalarni öylamasdan qilişning keyini nimaga olib kelişini biz körib, bilib, afsuslanib turibmiz.

Bu işlar prezidentimizning butun dunyoga eşiklarni oçib, iqtisodiyotni rivojlantiriş uçun turli davlatlardan katta-katta investorlarni jalb qilgan holda, şu jumladan Xorazm viloyatini ham ijtimoiy-iqtisodiy dasturlari doirasida amalga oşirilayotgan işlar soyasida bu narsalarning kelib çiqişi, albatta, nafaqat bu Xorazm xalqimizga, şu jumladan prezidentimizning olib borayotgan siyosatlariga ham qarşi bölib turibdi.

Men ming afsusdaman. Bugungi ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaatimdan bugungi kundagi olib borilayotgan siyosatlarni sidqidildan bajariş uçun, qolaversa oldimizga qöygan vazifalarni töğri, hamjihatlik bilan, xalq bilan hisoblaşib, xalqni rozi qilib işlaş bilan işni boşlaşni ma'qul köramiz.

Öz xalqining daxlsizligi, har xil narsalardan saqlaş, uning moddiy ne'matlarini asraş – töğridan töğri viloyat hokimining vazifasiga kiradi. Lekin bugungi kunda mening qöl ostimdagi odamlar bilan qilgan işlarimiz bugungi talabga umuman javob bermayotganidan dalolat berib turibdi.