Olimlar oltinning 2 atom qalinligidagi yangi şaklini olişdi, bu esa qaçondir yaratilgan eng yupqa list hisoblanadi. Uni elektronika, tibbiyot va sanoat jarayonlarida kimyoviy reaksiyalarni tezlaştiriş uçun qöllaş mumkin.

Yangi materialning qalinligi 0,47 nanometr bölib, u inson tirnoğidan million marta yupqaroqdir. 

Öta yupqa material sintezi suyuqlikda keçib, oltin-xlorli vodorod kislotasidan boşlanadi. Uni listga aylantiriş uçun maxsus kimyoviy modda qöllanib, u ikki atom qalinligidagi listning hosil bölişiga yordam beradi.

Lids universiteti tadqiqotçilari olingan materialni “oltin suvöt” deb ataşgan, çunki u suvda yaşil rangda böladi. 

Bunday usulda olingan öta yupqa listlar egiluvçan bölib, bu ularni egiluvçi ekranlar qismlari va şaffof ötkazuvçi displeylarda qöllaş imkonini beradi. Olimlarning fikriça, yangi material şuningdek tibbiy diagnostik tezkor testlar va suvni tozalaş tizimlarida sun'iy fermentlar uçun asos bölib xizmat qilişi mumkin.