O‘zbekiston | 13:00 / 07.08.2019
49021
2 daqiqa o‘qiladi

Elmira Bositxonova piketga chiqqan ayollarga bosim o‘tkazilgani haqidagi xabardan so‘ng Qoraqalpog‘istonga yo‘l oldi

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Shu yil 5 avgust kuni soat 11:08da www.asiaterra.info saytining Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida 1 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti Nukus shahrida — Ivan Savitskiy nomidagi muzey ro‘parasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Tileo‘biyke Uldasheva hamda Perizat Begjanova bugungi tizimdan, Qoraqalpog‘istondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan norozi bo‘lib kelishilmagan namoyishga chiqqani va buning ortidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ularga hamda piketni tasvirga olmoqchi bo‘lgan boshqa fuqarolarga nisbatan bosim ishlatilgani haqida xabar joylashtirilgan.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar xizmati xabariga ko‘ra, natijada qisqa vaqt mobaynida ijtimoiy tarmoqda “V Nukuse na ploshchadi Svobody razognali aksiyu protesta” sarlavhali mazkur maqola qahramonlariga achinish va ularni yoqlovchi, mamlakat rahbariyati hamda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi sha'niga dog‘ tushiruvchi 25 ta izoh va 125 ta layk hamda dizlayk qoldirilgan. Ushbu xabar 200 ga yaqin internet foydalanuvchisi tomonidan ulashilgan.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova voqeani joyiga chiqib o‘rganish va bu ayollarning huquqlarini muhofaza qilish, muammolariga hududdagi rahbarlar bilan birgalikda yechim izlash maqsadida 7 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga boradi.

Uchrashuv yuzasidan qo‘shimcha batafsil xabar berilishi aytiladi.

Mavzuga oid