Joriy yilning 7 avgust kuni Iqtisodiyot va sanoat vazirligida qişloq xöjaligi mahsulotlarini çuqur qayta işlaş va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirişning ustuvor vazifalariga bağişlangan amaliy seminar ötkazildi.

Qişloq xöjaligi vazirligi xabariga köra, mamlakatda yiliga örtaça 16 million tonnadan ortiq meva-sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar, 1,5 million tonnaga yaqin göşt, 10 million tonnaga yaqin sut işlab çiqarilsa-da, ularni sanoat usulida qayta işlaş darajasi örtaça 15-20 foizni taşkil qilmoqda. Agrologistika tizimi yaxşi rivojlanmagan, qişloq xöjaligi mahsulotlarini saqlaş va saralaş xizmatlari talab darajasida emasligi hosilning qariyb 30 foizi isrof bölişiga olib kelmoqda. Yetiştirilgan mahsulotlarni xalqaro standartlarga mos laboratoriya tekşiruvidan ötkazişda ham muammolar közga taşlanadi.

Ma'lumotlarga köra, mamlakatda yetiştirilayotgan sabzavot mahsulotlarining bor-yöği 3-4 foizi, mevaning 11 foizi eksport qilinmoqda. Bu borada hali örganilişi, joriy etilişi zarur bölgan jihatlar bor.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2019 yil 29 iyuldagi “Qişloq xöjaligi mahsulotlarini çuqur qayta işlaş va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori şu kabi muammolarga tezkor yeçim topiş, sohaga yangi mexanizmlarni joriy etiş maqsadida qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan 2019–2021 yillarda respublikaning 8 ta, ya'ni Andijon, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Toşkent, Farğona va Xorazm viloyatlarida xalqaro moliya institutlari mablağlari hisobiga 3 mln tonna siğimga ega bölgan yirik agrologistika komplekslari barpo etiladi. Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida siğimi 360 ming tonna bölgan jami 37 ta zamonaviy agrologistika markazlari taşkil qilinadi. Qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş böyiça jami 174 ta va oziq-ovqat sohasida import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqariş böyiça jami 24 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oşiriladi. Meva-sabzavotçilikka ixtisoslaşgan tumanlarda mavjud samarasiz boğlar örnida meva-sabzavotçilikka ixtisoslaşgan 36 ming gektar intensiv boğlar taşkil etiladi. Bundan taşqari, “Özstandart” agentligining respublika hamda Namangan va Samarqand hududiy sinov va sertifikatlaştiriş markazlari huzuridagi sinov laboratoriyalarini töliq modernizatsiya qiliş va yangi uskunalar bilan ta'minlaş, oziq-ovqat sohasida 726 ta xalqaro standartlarni joriy qiliş kabi çora-tadbirlar belgilanmoqda.