Özbekistonda ertaga - 10 avgust kuni ilk marta BMT Butunjahon turizm taşkiloti va Xalqaro kongress va anjumanlar uyuşmasi (ICCA) tomonidan uçraşuv, körgazma, konferensiyalar turizmi (MICE turizm) va mehmondöstlik sohasi böyiça böyiça trening ötkaziladi.
Bu haqida «Gastro bazaar – 2019» festivaliga bağişlangan matbuot anjumanida ma'lumot berildi.

«Taşkillaştiriladigan masterklassda Özbekiston turizmi sohasi rasmiylari, xususiy sektor vakillari va assotsiatsiyalar iştirok etişi közda tutilgan. Ular ICCA ekspertlaridan kongresslar taşkil qiliş böyiça kerakli ma'lumotlarni olişadi», - deydi Xalqaro kongress va anjumanlar uyuşmasining Yevropa böyiça mintaqaviy direktori Elif Balçi Fisonogli xonim.
«Ertangi kongresslar böyiça treningda davlat taşkilotlari, tur operatorlari va mehmonxonalar, davlat unitar korxonalari iştirok etadi. Treningda biznes turizmiga aloqador madaniy, ilmiy yoki sport tadbirlarini taşkillaştiriş böyiça dars beriladi.
Masalan, futbol çempionati ötkaziladigan bölsa, unda 5 ming nafar odam iştirok etadi va 7 kun davom etadi, deb hisoblaydigan bölsak, şu çempionatni qanaqa tarzda ötkaziş kerakligini örganamiz», - deydi Butunjahon turizm taşkilotining «Ipak yöli ofisi» direktori Mirtolib Mirzohidov.

Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, qaysidir katta kongressning Rossiya, AQŞ yoki Singapurda emas, Özbekistonda ötkazilişi uçun yönaliş (destination) yutib oliş uçun nimalarga e'tibor beriş kerak, qanaqa xatolarga yöl qöymasligi kerakligini ham trening iştirokçilari örganadi.
«Biznes tadbirlarining Özbekistonda ötkazilişi mamlakat imidjining xalqaro maydonda yaxşilanib borişiga va şu sohada işlayotganlarning daromadi oşişiga yordam beradi. Masalan, xalqaro doirada 150 nafar olimlar iştirok etadigan 5 kunlik konferensiya 350 ming AQŞ dollarga baholanadi», deya turizm biznesida taşkilotçilikning afzalliklari haqida ma'lumot berib ötdi Mirtolib Mirzohidov.
Bundan taşqari, mas'ullarning ma'lumot berişiça, bu tadbir dunyo böyiça birinçi marta ötkazilayotgan amaliyot bölgani uçun Rossiya, Ukraina va Qozoğiston kabi xorijiy davlatlardan ham iştirok etiş xohişini bildirganlar köp bölgan.















