Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Dabdabali dasturxon - millatga hurmatsizlik». Imomali Rahmon tojikistonliklarni Qurbon hayiti bilan tabrikladi
Hayit namozini ado etish, haj marosimlarini bajarish va qurbonlik keltirish Qurbon hayiti bayrami kuni islom dini ko‘rsatmalaridir. Bu haqda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Qurbon hayiti munosabati bilan mamlakat xalqiga tabrigida aytib o‘tdi.
Prezident o‘z murojaatida eslatishicha, «Haj va qurbonlik keltirish qoidalariga rioya qilish faqat to‘kin hayot sharoitlariga va keng moddiy hamda moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lganlarga mos keladi». Bu haqda Tojikiston yetakchisining matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Bunday sharoit va imkoniyatlarga ega bo‘lmagan, hayotida moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan odamlar uchun qurbonlik keltirish hamda sadaqa berish - adolatsiz ish. Ular o‘zlarining munosib ishlari va yuqori axloqiy xatti-harakatlari bilan Yaratganning marhamatiga umid qilishlari mumkin», - dedi u.
«Keng moddiy imkoniyatga ega bo‘lganlar esa, qurbonlikka keltirilgan hayvon go‘shtining bir qismi va boshqa sadaqalarni bunday kishilarga, ya'ni kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalarga berishi kerak», - deya eslatdi prezident.
«Jamiyatimizdagi ba'zi odamlar bayram dasturxonini yozishda hamon isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymoqda, shu tariqa ular oilaviy budjetga ham zarar yetkazmoqda. Natijada, ushbu bayramning axloqiy, ma'naviy va tarbiyaviy jihatlari unutilyapti, shu jumladan kamtarlik. Bularning barchasi dabdabali harakatlar, ya'ni iste'mol qadriyatlariga aloqador. «Muqaddas Islom dinining asoslari shundayki, ularda musulmon kishi o‘z qo‘li bilan oilasi farovonligiga putur yetkazadigan ishlarni qilishi hech qachon qabul qilinmaydi», - dedi davlat rahbari.
«Aziz vatandoshlar, barchangizni Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan tabriklayman, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga farovonlik tilayman», - deya Tojikiston xalqini tabriklagan Imomali Rahmon.
Bundan oldin, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabriklagandi.
Mavzuga oid
18:41 / 02.04.2026
Tojikiston prezidenti oziq-ovqat narxlari «misli ko‘rilmagan darajada» oshishidan ogohlantirdi
20:14 / 27.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroda to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi
15:27 / 27.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi
14:10 / 27.03.2026