Kun.uz sayti Farğona viloyati, Qöştepa tumanida faoliyat yurituvçi «Olimboy hoji» çorvaçilik fermer xöjaligidagi mavjud muammolar haqida maqolalar e'lon qilgandi.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan «Farğona tong otgunça...» yoki fermerning arz-dodlari öziga «töqmoq» bölib qaytgani haqida»gi maqolaga nisbatan munosabat bildirilgan.
«Kun.uz saytida e'lon qilingan «Farğona tong otgunça...» yoki fermerning arz-dodlari öziga «töqmoq» bölib qaytgani haqida»gi maqola Oliy sudda örganib çiqildi.
Maqolada Farğona viloyati Qöştepa tumanida faoliyat yurituvçi «Olimboy hoji» çorvaçilik fermer xöjaligida yuzaga kelgan muammolar haqida söz yuritilgan.
Aniqlanişiça, «Olimboy hoji» çorvaçilik fermer xöjaligi rahbari Abdumannob Qosimov 2018 yilda bankdan katta miqdorda kredit olib, Germaniyadan 99 boş naslli qoramol xarid qilgan...
Qöştepa tumani hokimi I.Novikov tuman IIB boşliğiga ariza bilan murojaat qilib, «Olimboy hoji» çorvaçilik fermer xöjaligi rahbari Abdumannob Qosimov naslli mollarining ölimiga ozuqa yetişmasligi, unga qumloq joydan yer ajratilgani va boşqa vajlar bilan tuman hokimini aybdor etayotgani sababli işni qonuniy körib çiqişni söragan. Iş hujjatlari ma'muriy sudga 2019 yil 17 may kuni kelib tuşgan.
Qöştepa tumani ma'muriy sudi tomonidan mazkur iş 22 may kuni iş oçiq sud majlisida körib çiqilgan.
A.Qosimovning huquqbuzarlik harakati sudda söralgan jabrlanuvçi E.Ğofurov, sudda suriştiruv davrida bergan körsatuvlari öqib eşittirilgan jabrlanuvçi I.Novikov (tuman hokimi) va guvoh U.Tursunovning körsatuvlari, Qöştepa tumani veterinariya bölimining 2019 yil 9 martdagi 22-sonli xulosasi hamda sudda tekşirilgan iş böyiça töplangan boşqa dalillar yiğindisi bilan öz tasdiğini topgan va A.Qosimovga eng kam iş haqining 2 baravari miqdorida (405 460 söm) ma'muriy jarima qöllagan.
















