Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Namangan şahar, Gulobod mahallasida joylaşgan «Hurmatxon aya» qabristoni uçun ajratilgan yer maydoni qariyb 4 marotaba torayib ketganligi töğrisidagi video e'lon qilingan edi.

Mazkur holat Davergeodezkadastr qömitasi tomonidan örganildi. Qömita ma'lum qilişiça, videorolikda 1994 yilda qabriston uçun 8,0 gektar yer maydoni ajratib berilganligi bayon qilingan.

Uşbu masala böyiça, örganilgan hujjatlarda Namangan viloyati Namangan tumanidagi sobiq «Ijodkor» agrofirmasi vakillarining 1994 yil 6 martdagi 2-sonli yiğiliş bayonining qaror qismini 1-bandida “Irvadon qişloği pensionerlari, veteranlari, qariyalari, aholi talablariga asosan qabriston qiliş uçun Irvadon qişloğiga yaqin bölgan Ğişt zavodi yonidagi 8,0 gektar yer maydoni ajratib beriş lozim topilsin deb 5-bandida «Uşbu qarorni tasdiğini Namangan tumani hokimligidan söralsin» deb körsatilgan.

Özbekiston Respublikasining «Yer töğrisida»gi 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan Qonunning 6-moddasida Hokimiyat tuman idoralarining yer munosabatlarini tartibga soliş sohasidagi vakolatlari belgilangan bölib, bitta yer egasiga va bitta yerdan foydalanuvçiga 10 gektargaça maydonda yer ajratiş belgilangan.

Biroq, sobiq «Ijodkor» agrofirmasi vakillarining 1994 yil 6 martdagi 2-sonli vakillar yiğilişi qarori Namangan tumani hokimi tomonidan tasdiqlanganligi yuzasidan hujjat mavjud emasligi aniqlandi. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2015 yil 4 dekabrdagi SQ-73-III-son qaroriga asosan Namangan şahri kengayişi munosabati bilan şahar ma'muriy çegarasiga özgartiriş kiritilib Namangan tumanidagi uşbu yerlar Namangan şahriga ötkazilgan.

Videorolikda 1994 yilda qabriston uçun ajratilgan 8 gektar yer maydoni 2,5 gektar bölib qolganligi böyiça. Namangan tumani hokimining 2011 yil 8 iyuldagi 401-sonli qaroriga asosan Namangan tumani «Obodonlaştiriş boşqarmasi»ga «Hurmatxon aya» qabristoni uçun 0,50 gektar yer maydoni ajratib berilgan.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2015 yil 4 dekabrdagi SQ-73-III-son qaroriga asosan Namangan şahri kengayişi munosabati bilan şahar ma'muriy çegarasiga Namangan tumanidan yer maydoni qöşilgan bölib, şu jumladan Ijodkor massivi hududidagi «Hurmatxon aya» qabristoni Namangan şahri ma'muriy çegarasiga qöşilgan.

«Hurmatxon aya» qabristoni uçun tuman hokimining 2011 yil 8 iyuldagi 401-sonli qarori bilan 0,50 gektar yer maydoni ajratilgan bölsa-da, 2018 yilda fuqarolarning murojaatlari böyiça qabriston egallagan yer maydoni qayta ölçov natijasida 2,5 gektar ekanligi, yoki qarorga nisbatan 2,0 gektar yer maydoni tegişli hujjatlarsiz özboşimçalik bilan qabriston taşkil etiş uçun devor tösiq bilan örab olinganligi ma'lum böldi.