Qanot Sharq Özbekistonda hududiy aviakompaniya taşkil etişni rejalaştirmoqda, deb ma'lum qildi kompaniya muassisi Nosir Abduğafforov Kun.uz muxbiriga.

«Ötgan yil noyabrda prezident farmoni çiqqanidan söng («Özbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» – tahr.) biz aviakompaniyani hududiy aviataşuvçi sifatida qayta jonlantirişga qaror qildik. Biz hududiy texnika işlab çiqaruvçi uçta yetakçi – Embraer (Braziliya), Bombardier (Kanada) va Sukhoi (RF) kompaniyalari bilan uçraşdik. Parvozlar geografiyasi, parvoz jadvali işlab çiqilmoqda. Şuningdek aviakompaniyaning taşkiliy tuzilmasi tayyorlanmoqda», – dedi Abduğafforov.

Kompaniya boşlanişiga 2-3ta samolyot oliş va öz flotini muntazam ravişda kengaytirişni rejalaştirmoqda.

«Biz oyoqlarimiz ostidagi tuproqni his qilişimiz lozim»

Suhbatdoşning sözlariga köra, hukumat hozirça aniq javob bergani yöq. Taşabbus barça doiralarda oçiqçasiga ma'qullanayotgan bölsa-da, tadbirkor bir oydan ortiq vaqtdan buyon Özbekiston Transport vazirligi vakillari bilan uçraşişga urinmoqda.

«Yozişma bir oydan ortiq vaqtdan beri davom etmoqda. Töğrisini aytsam, xat va hujjatlarni körib çiqiş muddati juda katta. Hammasi juda sekin ketmoqda. Yordam berişga göyoki tayyor, ammo barçasi çözilmoqda. Bizga yordamlarini taklif qilişdi va barça masalalarni muhokama qilişga rozi bölişdi, ammo hozirça heç kim bilan uçraşişning imkoni bölmadi», – dedi Abduğafforov.

Aviakompaniya qaçondan iş boşlaşi mumkinligi haqidagi savolga Abduğafforov bu unga boğliqmasligini aytdi.

«Agarda kompaniyani yölga qöyiş uçun zarur bölgan barça savollarimizga javoblar bölsa, kamida 2-3 oy ketadi. Uçuvçilar va texnik tarkibni öqitiş vaqt oladi, – dedi u. – Hozirda bizga yangi samolyotlar sotib oliş böyiça işlab çiqaruvçilardan va havo kemalarini ijaraga oliş böyiça lizing kompaniyalaridan takliflar kelib tuşmoqda, ammo bu yerda heç narsa tayyor bölmasa, ularni qanday olamiz. Biz oyoqlarimiz ostidagi tuproqni his qilişimiz lozim».

«Millionlab savollar»

Qanot Sharq 1998 yilda röyxatga olingan hamda yuk va yölovçi aviataşuvlariga ixtisoslaşgan. 2003 yildan 2012 yilgaça kompaniya «Özbekiston havo yöllari» MAKdan Il-76 samolyotlarini ijaraga olgan va Özbekistondagi birinçi xususiy aviakompaniya ölaroq öz charter reyslarini amalga oşirgan. Kompaniya 150 mingdan ortiq yölovçi taşigan. Barça Il-76 samolyotlari Özbekiston Mudofaa vazirligiga ötkazilgaç, Qanot Şarq’ning ekspluatantlik sertifikati töxtatilgan.