Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Qorakölçilik tarmoğini kompleks rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat ÖzA tomonidan e'lon qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar:
2019-2021 yillarda qoraköl zotli qöylar boş soni, jun va qoraköl teri işlab çiqarişni köpaytirişning prognoz parametrlari;
qorakölçilik mahsulotlarini qayta işlaşni taşkil etuvçi korxonalar röyxati;
qorakölçilik sohasida eksportbop qorakölça teri yetiştiriş va tibbiyot uçun noyob dorivor vositalar işlab çiqarişda foydalaniladigan qorakölçilik xomaşyosi yetkazib beriş korxonalari röyxati;
yaylovlar hosildorligini oşiriş maqsadida çöl yaylov ösimliklari uruğçiligi maydonlarini kengaytiriş parametrlari;
naslçilik qorakölçilik xöjaliklariga kuçli ozuqalar yetiştiriş maqsadida talab etiladigan suğoriladigan yer maydonlarini ajratiş parametrlari;
örmon xöjaligi taşkilotlariga qaraşli uzoq çöl hududlaridagi naslçilik qorakölçilik xöjaliklarining suv çiqariş inşootlari joylaşgan naslçilik qorakölçilik xöjaliklariga ajratiladigan yaylov yer maydonlari tasdiqlandi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo, Samarqand, Jizzax va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari bir oy muddatda Özbekiston Respublikasi Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi, Respublika “Qorakölçilik” uyuşmasi, “Xalq banki” ATB bilan birgalikda mazkur qarorga muvofiq belgilangan prognoz parametrlar ijrosini ta'minlaş yuzasidan tumanlar va qorakölçilik sub'yektlari kesimida manzilli çora-tadbirlarni tasdiqlaydi hamda ularning samarali va töliq ijrosi yuzasidan tizimli monitoring örnatadi.
Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi Örmon xöjaligi davlat qömitasi, Buxoro, Navoiy va Qaşqadaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda nazarda tutilgan örmon bilan qoplanmagan yaylov yer maydonlarini xatlovdan ötkazib, ularning örmon xöjaligi taşkilotlaridan naslçilik qorakölçilik xöjaliklariga ajratib berilişini ta'minlaydi.
Özbekiston Respublikasi Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi, Respublika “Qorakölçilik” uyuşmasi, Navoiy va Qaşqadaryo viloyati hokimliklarining Navoiy viloyatida qoraköl zotli qöylarning sur rangi böyiça, Qaşqadaryo viloyatida qora va kök rangi böyiça yuqori elita sinfli nasldor qoraköl qöylar yetiştirişga ixtisoslaştirilgan Ilmiy-naslçilik tajriba stansiyalarini taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.












