Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston fuqarolari Buxoroda YTHga uchradi, 8 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatildi
2019 yil 19 avgust kuni soat 15:37larda Tojikiston Respublikasi fuqarosi, Dushanbe shahri Rudakiy ko‘chasida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan B.X. “Mersedes-Spirinter” rusumli mikroavtobusni Buxoro viloyatining Jondor tumani cho‘l massivi hududidan o‘tuvchi “G‘uzor-Nukus” A-380 yo‘lining 368-km.da haydab ketayotgan vaqtida, mikroavtobusning orqa o‘ng tomon g‘ildiragi yorilib ketishi oqibatida boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetiga chiqib ag‘darilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi natijasida 3 nafar Tojikiston Respublikasi fuqarosi kasalxonaga yotqizilgan. Kasalxonaga yotqizilgan 3 nafar va birlamchi tibbiy yordam uchun murojaat qilgan yana 5 nafar yo‘lovchiga hamda haydovchiga tez va malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishi tashkil qilingan.
Qolgan 8 nafar yo‘lovchi hech qanday jarohat olmaganlar. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
18:30 / 07.07.2026