
Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari tayinlandi. Prezidentning bu haqdagi tegişli qarori e'lon qilindi.
Davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 21 sentabr kuni imzolangan PQ-4838-son hujjatga köra, Baxtiyor Xolmatov Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari lavozimida iş boşladi.
B.Xolmatov 1985 yilda tuğilgan, ma'lumoti oliy, muhandis. Toşkent davlat texnika universitetini konçilik işi (oçiq konçilik işlari) mutaxassisligi böyiça tamomlagan.
U 2010 yildan şu kunga qadar Sanoat xavfsizligi davlat qömitasining turli lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.
Eslatib ötamiz, Baxtiyor Ğulomov Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi raisi lavozimida iş faoliyatini davom ettirmoqda.
















