Özbekiston hukumati oliy ta'lim va quriliş sohalarini korrupsiyadan xoli sohaga aylantiriş yuzasidan tegişli hujjatlarni işlab çiqdi.

Senat yalpi majlisini yoritayotgan Kun.uz muxbiri xabar berişiça, bu haqda Boş prokuror örinbosari Erkin Yöldoşev hukumatning parlamentga hisoboti yuzasidan savol-javoblar vaqtida ma'lum qilgan.

«Oliy ta'lim va quriliş sohasini korrupsiyasiz sohalarga aylantiriş böyiça hujjatlar tayyorlandi, ijroçilari aniq. Qilinadigan işlar doirasi aniqlanib, ijroga qaratilgan.

Bu – boşlanişi. Turmuşimizning boşqa jabhalari böyiça ham xuddi şunday tahlil işlari olib borilyapti, çoralar körilyapti.

Bugungi kunda Özbekistonda 65ta boşqaruv tizimlarida korrupsiyani jilovlaşning içki idoraviy çeklovlarini joriy etiş böyiça işlar ketyapti. Bu masalaga Adliya vazirligi ham, huquqni muhofaza qiluvçi barça idoralar, jamoat taşkilotlari, qolaversa öşa tizimning boşqaruv strukturalari töliqligiça safarbar qilingan», – dedi Erkin Yöldoşev.