Sport | 14:40 / 23.08.2019
20625
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy 9 nafar futbolchini mahalliylashtirib, jahon chempionatiga chiqmoqchi

Xitoy futbol assotsiatsiyasi 2022 yilgi jahon chempionati saralashi arafasida 9 nafar xorijlik futbolchini mahalliylashtirib, ularni milliy terma jamoaga jalb etmoqchi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar tarqatdi.

«Biz Qatarga borishni istaymiz. Mahalliylashtirilgan futbolchilar milliy terma jamoaga qisqa muddatli maqsadga erishish uchun yordam berishi mumkin. 

Agar Xitoy termasi saralashning keyingi bosqichiga yo‘l olsa, biz yana bir necha futbolchiga Xitoy pasportini berishimiz mumkin. Ammo bu bizning uzoq muddat uchun siyosatimiz bo‘lmaydi, terma jamoaga jalb etiladigan futbolchilar soni chegaralangan bo‘ladi», — degan Xitoy futbol assotsiatsiyasi prezidenti.

Bundan avvalroq, asli braziliyalik bo‘lgan, ayni vaqtda «Guanchjou Evergrand» safida to‘p surayotgan 30 yoshli havbek Elkeson Xitoy tarixidagi ilk mahalliylashtirilgan futbolchi bo‘lishi xabar qilingandi. 2013 yildan buyon Xitoy chempionatida to‘p surib kelayotgan bu futbolchi yangi ism olgan - Ai Kesen.

Mavzuga oid