23 avgust kuni, Oliy Majlis Cenati 21-yalpi majlisida senatorlar tomonidan “Atom energetikasidan tinçlik maqsadlaridan foydalaniş töğrisida”gi Qonun loyihasi ham körib çiqildi. Senator Farrux Dadaxöjayev atom energetikasi mamlakat uçun ahamiyati haqida fikr bildirdi.
“Ekspertlarning fikriça, Özbekistonda iqtisodiy taraqqiyot, aholi soni va turmuş farovonligining ösişi natijasida elektr energiyasiga bölgan ehtiyoj 2030 yilga kelib 117 milliard kVT soatga yetadi. Respublikada uran xomaşyosining ulkan zaxirasi böla turib, amalda atom energetikasi salohiyati işga solinmagan. Amaldagi qonunçilikda atom energiyasidan foydalanişni tartibga soluvçi maxsus norma mavjud emasligi soha rivoji yölida turli qiyinçiliklarni vujudga keltirmoqda. 2019 yil 2 iyulda Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilingan “Atom energiyasidan tinçlik maqsadlarida foydalaniş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining asosiy maqsadi atom energiyasidan foydalaniş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişdan iboratdir.
Dadaxöjayevning qöşimça qilişiça, Qonunning maqsadi atom energiyasidan tinçlik maqsadlarida foydalanişni ta'minlovçi yangi joriy etilayotgan institutlar va tizimlar faoliyatini yölga qöyişning huquqiy asoslarini yaratiş, atom energiyasi töğrisidagi normalar va qoidalarni unifikatsiyalaş, atom energiyasidan tinçlik maqsadlarida foydalanişda fuqarolar va yuridik şaxslar xavfsizligini ta'minlaşning samarali mexanizmlarini milliy qonun hujjatlariga tatbiq etişdan iborat.

















