Senator Farrux Dadaxöjayev Senatning yigirma beşinçi yalpi majlisi arafasida ötkazilgan qömita yiğilişidagi ma'ruzasida Özbekistondagi qutqaruv xizmatlari ahvoli, sohadagi muammolarni tilga oldi.

«Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibidagi qutqaruv xizmatlari texnika tarafdan ham, xodimlarning malakasi tarafdan ham haligaça yetarliça oyoqqa turmagan. Gohida Rossiyada bölgan favqulodda vaziyatlarni körganimizda ulardagi qutqaruv xizmatlari professional harakat qilişadi. Ulardan ibrat olsa böladigan jihatlarimiz bor. Qanaqadir favqulodda holat yuz bersa, FVV darhol öşa yerga yetib borib, barça harakatlarga rahbarlikni qölga oladi. Holat böyiça birinçi sözni ham, oxirgisini ham ular aytadi. Bizniki ham şunday bölişini istaymiz», deya Farrux Dadaxöjayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Senatning mudofaa va xavfsizlik qömitasi raisi Farrux Dadaxöjayev Çorvoqda odamlar çökib ketganda, qidiruv xizmatlari ğavvoslari çökib ketgan şaxslarning murdasini topa olişmagani, natijada bu işga Rossiyadan qutqaruvçilar jalb etilganini tanqid qildi.

«Çorvoqda çökib ölganlarning murdasini Rossiyadan kelgan ğavvoslar olib çiqişdi. Töğri, Özbekistondagi qutqaruv xizmatlari endi oyoqqa turayotgan tizim, buni tuşunamiz. Qutqaruvçilarga yaxşi maoş tölab, kerakli şaroit yaratib berilsa, bizning mutaxassislar hamma narsani uddalaydi», deydi senator.

Favqulodda vaziyatlar vaziri örinbosari Abdulla Qöldoşev mazkur holatga quyidagiça izoh berdi:

«Rossiyalik ğavvoslarni halok bölgan şaxslarning yaqinlari taklif qilişgan. Töğri, ğavvoslik xizmatimiz hali ança yoş. Lekin şunga qaramay Çorvoqda suvga çökib halok bölgan ikki nafar şaxsdan birining murdasini özimizning mutaxassislar olib çiqişdi. 43 metrdan. Katta akvatoriya bölgani uçun keyingini topişga qiynalişdi. Ularning çökkan joyini topişga ham ança vaqt ketib qoldi. Rossiyalik qutqaruvçilar ham bizning mutaxassislar bilan birga işlaşdi. Yigitlarning tayyorgarligi böyiça heç qanday muammo yöq. Faqat 100 metr çuqurlikka tuşiş uçun ğavvoslarimizning tajribasi hali kam», dedi Favqulodda vaziyatlar vaziri örinbosari Abdulla Qöldoşev.

Farrux Dadaxöjayev bir paytlar Toşkent dengiziga çökib ketganlarni arzimagan çuqurlikdan ham topişa olmaganini, bu haqda mutasaddi idoralarga murojaat qilişganda plyajni kim taşkil qilgan bölsa, murdani ham öşalar topib bersin, plyajning öz qutqaruv xizmati bölişi kerak deb aytişganini yodga oldi.