Senatning mudofaa va xavfsizlik qömitasi raisi Farrux Dadaxöjayev yaqin vaqtgaça Özbekistonga kirib kelayotgan attraksionlarning xavfsizligi haqida heç kim boş qotirmagani, buning oqibatida ölim holatlari yuz berganiga töxtaldi.
«Attraksionlarning xavfsizligini ta'minlaş yuzasidan parlament sörovi bergandik. Buning natijasida Sanoat xavfsizligi davlat qömitasida attraksionlar böyiça inspeksiyalar tuzildi. Çunki Özbekistonga minglab attraksion kirib kelyapti, ularni olib kelayotgan odam tayin, biroq texnik jihatdan xavfsizligi, bizga şu narsa kerakmi-yöqmi, bu haqda söraydigan odam, taşkilot bölmagan. Bundan taşqari, yetmiş yil oldin qurilgan attraksionlar ham işlayapti. Mana şunday boşboşdoqlik natijasida Jizzaxda yoşgina qiz ölib ketdi. Undan keyin Namanganda ham yana şunday holat böldi. Şu kabi holatlar nega yuz berayotganiga izoh sörab parlament sörovi yuborganimizdan söng soha tartibga solindi», deya Farrux Dadaxöjayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib ötamiz, Jizzaxda sodir bölgan fojiadan söng şu paytgaça attraksionlardagi xavfsizlik ustidan davlat nazorati örnatilmagani ma'lum bölgan edi. Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi raisi Baxtiyor Ğulomov Özbekistondagi attraksionlarning yarmidan köpi sobiq ittifoq davrida örnatilganini aytgan. Namangandagi fojiadan söng viloyatdagi barça attraksionlar texnik körikdan ötkaziladigan bölgandi.

















