Senatning 21-yalpi majlisi ikkinçi kunida boşqa muhim masalalar qatori senatorlar uy buzilişi bilan boğliq holatga öz munosabatlarini bildirişdi.

Senator Farrux Dadaxöjayev içki işlar vaziri örinbosari Aziz Toşpölatovga uy-joy buzilişida içki işlar xodimlari iştirok etiş vakolati bormi, deya savol bilan murojaat qildi.

«Heç bir içki işlar xodimi yoki rahbar xodim odamlarning uyini buziş va aholini köçiriş vakolatiga ega emas. Buziş böyiça hokimlik va boşqa tegişli organlar qarori bilan amalga oşiriladi. Içki işlar xodimining vazifasi şu jarayonda xavfsizlik va jamoat tartibini saqlaşdan iboratdir. Uşbu harakatlarga yöl qöygan xodimlarga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkaziladi. Uy buzilişi böyiça bölayotgan holatlar yuzasidan har bir tegişli içki işlar boşqarmalari rahbarlari vazirlikka axborot beradi. Masalan, Rişton va Pop tumanlari bozorlari köçirilişi holati haqida vazirlikka axborot berilgan. Bu haqida hokimliklarga çora körişlari böyiça axborot xati yuborilgan», - deya javob berdi vazir örinbosari.

Senat raisi Tanzila Norboyeva «snos» böyiça içki işlar vazirligi qat'iy pozitsiyaga ega bölişi kerakligini ta'kidladi. Uning sözlariga köra, vazirlik qayerda şunday holatlar kuzatilsa, tezkorlik bilan reaksiya bildirişi lozim.

«Şikoyat tuşişini kutmasdan odamlarning kayfiyatiga salbiy ta'sir qiladigan holatlarni aniqlab, uni joyida bartaraf etiş lozim», deya Senat raisining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Organ xodimlari kimni himoya qilişi kerak: zöravon hokimnimi yoki öz haqini talab qilayotgan xalqni?