Özbekistondagi oliy ta'lim muassasalarida yangi öquv yili 4 sentyabrdan boşlanadi. Bu haqda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi xabar bermoqda.

«Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 noyabrdagi “2019 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida”gi farmoniga muvofiq 2019 yil 31  avgustdan 3 sentyabrgaça dam oliş kunlari etib belgilangani, şuningdek, Özbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayrami munosabati bilan oliy ta'lim muassasalari jamoalariga munosib dam oliş şaroitlarini yaratiş maqsadida oliy ta'lim muassasalarida yangi 2019/2020 öquv yili 4 sentyabrdan boşlanadi», - deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib ötamiz, bundan oldin umumta'lim maktablarida ham yangi öquv yili 4 sentyabrdan boşlanişi xabar qilingandi.