Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Su-57 haqida: «Bu uchadimi?» - Putin: «Ha, sotib olishingiz mumkin»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an MAKS-2019 aviasalonida Rossiyaning eng yangi Su-57 qiruvchi samolyoti bilan tanishishdi.
Ikki davlat rahbarlari samolyot kabinasida bo‘lishdi va uni ko‘zdan kechirishdi.
So‘ngra Rossiya va Turkiya mudofaa vazirlari Putin va Erdo‘g‘anga qo‘shilishdi, keyin esa ushbu samolyotni muhokama qilishdi.
Erdo‘g‘an Vladimir Putindan “bu samolyot uchadimi, uni sotib olish mumkinmi?” deb so‘radi. Rossiya prezidenti bu savolga “Ha, sotib olishingiz mumkin” deb javob qaytardi.
Bundan tashqari, ikki davlat prezidentlari Su-35 qiruvchisi, Ka-62 va Mi-38 vertolyotlarini ham ko‘rib chiqishdi.
Putin va Erdo‘g‘an Be-200 amfibiya-samolyoti hamda MS-21 fuqaro samolyoti xususiyatlari bilan ham tanishishdi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026