“Özneftgazinspeksiya” öz faoliyati davomida doimiy ravişda gaz ta'minoti korxonalari tomonidan aholi xonadonlariga imtiyozli narxlarda yetkazib berilayotgan suyultirilgan gazni öz vaqtida va amaldagi me'yoriy talablar asosida yetkazilişini nazoratga olgan, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi.
Qayd etilişiça, bu borada olib borilayotgan navbatdagi profilaktik va tezkor tadbirlar davomida, gaz ta'minoti korxonalarining ba'zi nopok xodimlari tomonidan şaxsiy manfaatlarini öylab talon-torojlik, tasdiqlangan grafikka rioya etmaslik, qabul qiliş va tarqatiş jarayonlarida birlamçi hujjatlarni notöğri yuritiş kabi holatlarga yöl qöyayotganliklari ma'lum bölmoqda.
Joriy yil boşidan 15 avgust kuniga qadar, hududlarda ötkazilgan profilaktik tadbirlar davomida, respublika böyiça 90 ta gaz tarqatiş stansiyalari va gaz tarqatiş punktlari tomonidan aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beriş jarayonida 420 dan ortiq qöpol qoida buzilişlari aniqlanib, uşbu kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça tegişli çora-tadbirlar belgilanişi natijasida iqtisod qilinişi mumkin bölgan 25,2 ming tonna suyultirilgan gaz miqdorlari aniqlangan.
Birgina avgust oyining ötgan 15 kuni davomidagi, respublika böyiça ötkazilgan örganişlar natijasida aholiga suyultirilgan gazni yetkazib beriş yuzasidan 15 ta holatda qonun buziliş holatlari aniqlanib, hisoblangan umumiy suyultirilgan gaz miqdorlari 219 tonnani taşkil etdi.
Misol uçun, Surxondaryo viloyatida “Jarqörğon gaz töldiriş şoxobçasi”da 61 tonna va “Jarqörğonneft”AJga 2 tonna suyultirilgan gaz texnologik yöqotişlarga asoslovçi hujjatlarsiz hisobdan çiqarilgan.
Navoiy viloyati “Karmana-Navbaxor” tumanlararo gaz ta'minoti uçastkasida, aholi xonadonlariga joriy yilning ötgan 5 oyi davomida 54 tonna suyultirilgan gaz rejaga nisbatan kam yetkazib berilgan.
Andijon viloyati “Izboskan” tuman gaz ta'minoti uçastkasida aholi xonadonlariga 20 kg. suyultirilgan gaz uçun belgilangan 19 ming söm örniga, amalda 24 ming sömdan tölovlar undirilgan, aholi xonadonlari uçun ajratilgan 6 tonna suyultirilgan gazni gaz ta'minot uçastkasining maxsus avtotransport vositalariga yoqilği sifatida işlatilgan, 41 tonna suyultirilgan gaz texnologik yöqotişlarga asoslovçi hujjatlarsiz hisobdan çiqarilgan, tarqatiş hujjatlari töliq rasmiylaştirilmagan holda 62 tonna suyultirilgan gaz asossiz hisobdan çiqarilgan, 34,6 tonna suyultirilgan gaz uçun aholidan undirilgan 32 mln 894 ming söm pul mablağlari öz vaqtida bankka topşirilmagan.













