Rossiya Federatsiyasining Özbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elçisi Vladimir Lvoviç Tyurdenev «Mehnat şuhrati» ordeni bilan mukofotlandi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti bu haqdagi tegişli farmonni imzoladi.

Qayd etilişiça, Özbekiston va Rossiya örtasidagi strategik hamkorlikni rivojlantirişdagi ulkan xizmatlari, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni hamda ikki mamlakat hududiy birliklarining özaro munosabatlarini kengaytiriş işlariga qöşgan salmoqli hissasi, manfaatli va istiqbolli moliyaviy-texnik va investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqiçga kötariş borasidagi samarali faoliyati, respublikamiz uçun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaşdagi kömagi, şuningdek, xalqlarimiz orasidagi döstlik va hamjihatlikni mustahkamlaşdagi faol iştiroki uçun Rossiya Federatsiyasining Özbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elçisi Vladimir Lvoviç Tyurdenev «Mehnat şuhrati» ordeni bilan mukofotlandi.

Şuningdek, Özbekiston va Birlaşgan Millatlar Taşkiloti örtasidagi köpqirrali hamkorlikni rivojlantirişdagi ulkan xizmatlari, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, Orolböyi mintaqasi uçun köp şeriklik asosidagi Trast fondini taşkil etiş va samarali faoliyat yuritişini ta'minlaş töğrisidagi respublikamiz taşabbusini xalqaro miqyosda ilgari surişga qöşgan salmoqli hissasi, atrof-muhitni muhofaza qiliş, iqlim özgarişlari şaroitida aholi salomatligini asraş, energiya va suv resurslaridan oqilona foydalaniş, davlat boşqaruvi va iqtisodiy özgarişlarni çuqurlaştiriş sohalarida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oşirişdagi faol iştiroki uçun Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Özbekiston Respublikasidagi doimiy muvofiqlaştiruvçisi Xelena Freyzer «Döstlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Özbekiston va AQŞ örtasidagi köptomonlama özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaş va yanada rivojlantiriş borasidagi katta xizmatlari, özbek xalqining tarixi va madaniyatiga oid çuqur ilmiy tadqiqotlar olib boriş, ular asosida qator fundamental ilmiy asarlar yaratişga qöşgan salmoqli hissasi, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning mazmun-mohiyati va kölami haqida xalqaro hamjamiyatni keng xabardor etişdagi samarali faoliyati uçun J.Xopkins universiteti qoşidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti rahbari Frederik Starr «Döstlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Özbekiston Respublikasi va Amerika Qöşma Ştatlari örtasidagi strategik şeriklik munosabatlarini rivojlantirişdagi ulkan xizmatlari, parlamentlararo muloqotni faollaştiriş, özbek parlamentçiligining qonun ijodkorligi borasidagi salohiyatini yanada oşirişga qöşgan hissasi, AQŞ Kongressida «Özbekiston böyiça Kokus» – döstlik guruhini taşkil etiş va barqaror işlaşini ta'minlaş, savdo-iqtisodiy, harbiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytiriş yölidagi samarali faoliyati, şuningdek, mamlakatimiz tarixi va madaniyati, sönggi yillarda olib borilayotgan keng kölamli islohotlar natijalari töğrisida jahon jamoatçiligini xabardor etib borayotgani uçun AQŞ Kongressi Vakillar palatasi a'zosi Trent Kelli «Döstlik» ordeni bilan mukofotlandi.