Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida kam ta'minlangan oilalar va nogironligi bor şaxslarga uy-joylar topşirildi va yangi tikuvçilik korxonasi oçildi, deb xabar beradi Kun.Uz muxbiri.

30 avgust kuni ötkazilgan tantanali tadbirda Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, Yangibozor tumani hokimi Öktam Maşaripov, davlat va jamoat taşkilotlari rahbarlari, mehnat faxriylari, yoşlar iştirok etişdi.

Avvalroq Yangibozor tumani markazi qiyofasini zamonaviylaştiriş va unda yaşovçilar uçun yangi qulayliklarni yuzaga keltiriş maqsadida «Namunaviy obod markaz» dasturi loyihasi işlab çiqilgan edi. Unga asosan uy-joyga muhtoj, kam ta'minlangan, nogironligi bölgan aholi uçun davlat xususiy şerikçiligi asosida 200 kv.m. maydonli 30ta uy-joy qurib berildi. Özbekiston mustaqilligining 28 yilligi arafasida baxtiyor oilalarga uy-joylarning kalitlari, esdalik sovğalari tantanali ravişda topşirildi.

Şuningdek, qurilişga özining beminnat hissasini qöşgan tadbirkorlar, quruvçilar ham taşakkurnomalar, faxriy yorliqlar va qimmatli sovğalar bilan taqdirlanişdi.