31 avgustda Germaniyada ayollar örtasida bölib ötgan “Europakriterium der Bahnfahrer” xalqaro musobaqasida Özbekiston ayollar milliy terma jamoasi a'zosi Olga Zabelinskaya omnium yönalişida 157 ball bilan 1- örinni egallab, oltin medalni qölga kiritdi. 2-örin germaniyalik Gudrun Stoskga, 3-örin rossiyalik Tamara Dronovaga nasib etgan.
Velosportçining uşbu yutuği Özbekiston Mustaqilligining 28 yillik bayramiga munosib sovğa böldi.
Uşbu musobaqalar sportçilarga Tokiodagi Olimpiadada iştirok etiş uçun reyting ballari beradi.
Eslatib ötiş joiz, Olga Zabelinskaya şosse böyiça velopoygalarning Tokioda ötadigan Olimpiada litsenziyasi egasi hisoblanadi.













