Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda bir oilaning 5 nafar a'zosini o‘ldirgan shaxslar umrbod ozodlikdan mahrum qilindi
Bugun, 6 sentabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi binosida sudlanuvchilar G‘olib Tashanov, Jahongir Usmonov, Shamshiddin Esonboyev va Habibullo Nurmanovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Aziz Obidovning xabar berishicha, mazkur jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Ikrom Muslimov raisligida hamda sudyalar O. Arabov va E. Ergashevdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqildi.


E'lon qilingan sud hukmiga ko‘ra:
G‘. Tashanov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 270-moddasining (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) 1-qismi va 273-moddasining (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybsiz, deb topilib oqlandi va jinoyat ishining shu qismi tugatildi.
G‘. Tashanov, J. Usmonov, Sh. Esonboyev va X. Nurmanovning aybidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismining “o” bandi hamda “p” bandidagi qasddan odam o‘ldirish jinoyatining “uyushgan guruh a'zolari tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda” sodir etishda ifodalangan malakalovchi belgisi chiqarildi.
G‘. Tashanov, J. Usmonov, Sh. Esonboyev va X. Nurmanovning jinoiy harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 164-moddasi (Bosqinchilik) 4-qismining “v” bandidan, JKning 33-moddasi talablariga muvofiq, Jinoyat kodeksi 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlariga, Jinoyat kodeksi 267-moddasi 3-qismining “b” bandidan Jinoyat kodeksi 267-moddasi 2-qismining “b” bandiga qayta kvalifikatsiya qilindi.
G‘. Tashanov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlari, 267-moddasi 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘talishi belgilandi.
J. Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlari, 267-moddasi 2-qismining “b” bandi, 276-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘talishi belgilandi.
Sh. Esonboyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlari, 267-moddasi 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘talishi belgilandi.
X. Nurmanov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismining “v”, “g” bandlari, 267-moddasi 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, o‘tash uchun uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasida o‘talishi belgilandi.
Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.
Bundan oldin, Samarqandda bir oilaning 5 nafar a'zosini o‘ldirgan shaxslar ustidan sud boshlangani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
RF: Putinning Zelenskiy bilan uchrashuvi yoz oxirigacha yuz bermaydi
Jahon | 08:25
-
BAA O‘zbekiston mahsulotlarini sotishga mo‘ljallangan elektron platformani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 08:24
-
Moskvadagi oliy maktab talabalariga o‘qishni boshqa oliygohlarga ko‘chirish taklif qilindi
Jahon | 07:42
-
Qozog‘iston O‘zbekistonda kasbga o‘qitish innovatsion markazini ochadi
O‘zbekiston | 07:40
Mavzuga oid

21:17 / 25.07.2025
Samarqand shahrining yoshi 3 ming yil deb qayta baholanadi

19:22 / 25.07.2025
Konibodomdagi seriyali qotilliklar bo‘yicha to‘rt kishi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

18:18 / 21.07.2025
Surxondaryodagi bozorda sotuvchi bir guruh shaxslar tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

15:48 / 14.07.2025