Özbekiston va Tojikiston harbiylari sentyabrning 2-ön kunligida Namangan viloyatidagi “Ğurumsaroy” poligonida birgalikda harbiy maşğulotlar ötkazadilar.

“Xovar” axborot agentligiga Tojikiston mudofaa vaziri matbuot xizmati boşliği Orif Nozimiyonning xabar berişiça, maşğulotlar “Markaz-2019” strategik qömondonlik-ştab maşğulotlari doirasida bölib ötadi. Ikki davlat harbiylari mintaqada xavfsizlikni ta'minlaş böyiça vazifalarini bajarişadi.    

Maşğulotlar davomida qöşinlarning xalqaro terrorçilikka qarşi kuraşdagi özaro harakatlanişi hamda razvedka-qidiruv va mudofaa harakatlarini olib boriş malakalari maşq qilinadi.

Avgustda ikki davlat harbiylari toğli hudud şaroitida aksilterrrorçilik maşğulotlari ötkazişgandi. Maşğulotlar Tojikiston va Farğona vodiysi hududlarida bölib ötgan.