Qoraqalpoğistonning Möynoq tumanida noqonuniy ov qilgani uçun özlarini ta'qib qilgan inspektorlarga öq uzgan brakonerlar guruhining yana ikki a'zosi qölga olindi.

Boş prokuratura matbuot xizmati Möynoqdagi holat böyiça qöşimça ma'lumotlar taqdim etdi.

«Möynoq tumanida noqonuniy ov bilan şuğullanib kelgan fuqarolar töğrisida ma'lumot berib, ulardan 2 nafari qidirilayotganligini ma'lum qilgan edik.

Olib borilgan tezkor qidiruv natijasida qidiruvda bölgan 2 nafar fuqaro ham aniqlanib, tergovga jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda», deyiladi xabarda.

Bundan avvalroq, Möynoq tumani hududida brakonerlar tomonidan Qoraqalpoğiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi inspektorlariga hujum qilingani haqida xabar berilgan edi.

Ma'lumotlarga qaraganda brakonerlarga örmon xöjaligi xodimi ham hamrohlik qilgan va ovçilar 20 boş kiyikni otib öldirgan va qoçib ketişga uringan.

Boş prokuratura matbuot xizmati ham Möynoq tumanida noqonuniy ov bilan şuğullanib kelgan fuqarolar töğrisida xabar berib, ularning uç nafari uşlangani, qolgan ikki nafari esa qidirilayotganini ma'lum qilgan edi.