Köplab ogohlantirişlarga va belgilangan tartibda çoralar körilganiga qaramay, yakka tartibdagi biznes vakillari, şuningdek respublika aholisi tarafdan tabiiy gazdan foydalaniş qoidalariga rioya qilmasligi davom etmoqda, deya xabar beradi Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot xizmati va "Özneftgazinspeksiya" matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, Angren şahrida ötkazilgan profilaktika tadbirlari davomida, gaz ta'minoti taşkilotining ba'zi “manfaatdor” şaxslari Angren şahrida suyultirilgan gazni qabul qiliş va tarqatiş jarayonida şaxsiy manfaatlarga ega ekanligi ma'lum böldi.
Joriy yilning avgust oyida Angren şahrida suyultirilgan gazni gaz ballonlarda tarqatiş böyiça profilaktika tadbirlari davomida jami 344 mln. 35 ming sömlik 83 ming 860 kg hajmdagi suyultirilgan gaz asossiz ravişdan hisobdan çiqarilganligi aniqlandi. Bundan taşqari, Angren şahridagi iste'molçilar bilan ötkazilgan oğzaki muloqot natijasida, suyultirilgan gazning narxi sun'iy ravişda oşirilganligi ma'lum böldi. Ya'ni, 20 kg. lik bir dona gaz ballon uçun davlat tomonidan belgilangan imtiyozli narx 19 ming söm bölişiga qaramasdan, iste'molçilar örtaça 23-24 ming sömdan tölab borilayotganligi ma'lum böldi.
Şuningdek, joriy yilning 30 avgust kuni “Özneftgazinspeksiya” tomonidan Toşkent viloyati Yuqori Çirçiq tumanida gazdan noqonuniy foydalaniş böyiça ötkazilgan profilaktik tadbirlar davomida gaz ta'minotiga noqonuniy ulaniş orqali “Yuksak Parranda” MÇJga qaraşli bitum işlab çiqariş sexida jami 299 ming 140 metr kub tabiiy gazdan foydalanib 298 mln. 616 ming sömlik zarar yetkazganligi aniqlandi.
Umuman olganda, joriy yilning 16 avgustidan 30 avgustiga qadar Respublika böyiça profilaktika tadbirlari natijasida jami 1 mlrd. 698 mln sömdan ortiq 2 mln. 98 ming metr kub bölgan tabiiy gazdan noqonuniy ravişda foydalangan 133 ulgurji iste'molçi aniqlandi.
Xususan, Navoiy viloyatida joylaşgan “Zarafşon Golden Grup” MÇJga qaraşli ohak işlab çiqariş sexida 314 mln sömdan ortiq, 315 ming metr kub, Samarqand viloyatida joylaşgan “Fortuna Gold Invest Ltd” MÇJga qaraşli gazbetonli ğişt işlab çiqariş sexida 99 mln sömdan ortiq miqdordagi 282 ming metr kub, şuningdek, Toşkent viloyatida joylaşgan “Progress Agro Business” MÇJ, “Dong San” MÇJ, “Glass Tech Servis” MÇJ, korxonalariga qaraşli parrandaçilik fermalarida va bitum işlab çiqariş sexlarida jami 503 mln sömdan ortiq 602 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.













