Bugun, 9 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda «Özbekipaksanoat» uyuşmasi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.
Unda mutasaddilar Özbekiston Prezidentining «Respublikada ipakçilik tarmoğini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori ijrosi va mohiyati yuzasidan ma'lumot berib, OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarişgan.

Tadbir davomida ipak qurti boqqan fuqarolarga ayrim vaqtlarda mehnat staji yozilmasligi holatlari uçraşi va umuman, ipak qurti boqqan fuqarolarga qanday holatlarda mehnat staji yozilişi borasida savol bilan murojaat qilindi.

«Ipak qurti boquvçi fuqarolarga mehnat staji yuritiladi, bunda muammo yöq. Bu yerda tarmoqda ayrim tuşunmovçilik holatlari uçrayotgan bölişi mumkin.
Ipak qurti boqqan fuqarolarga mehnat staji yoziş va belgilaş böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2856-sonli «Özbekipaksanoat» uyuşmasi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida bu boradagi vazifalar belgilab berilgan. Unga köra, ipak qurti boqqan fuqarolarga har bir mavsum uçun mehnat staji yozib borilyapti. Buning uçun fuqarolar tuman va tumanlararo «Pilla» mas'uliyati çeklangan jamiyatlari negizida taşkil etiladigan tuman «Agropilla» mas'uliyati çeklangan jamiyatlarida röyxatdan ötkazilişi kerak»,-deya «Özbekipaksanoat» uyuşmasi boşqarma boşliği Xasan Komilovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
















