Iqtisodiy hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi O‘zbekiston-Norvegiya instituti tashkil etiladi

Foto: TIV axborot xizmati
2019 yilning 10 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Norvegiya Qirolligi Tashqi ishlar vazirligining mamlakatni BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a'zoligiga nomzod etib tayinlash bo‘yicha maxsus vakili Knut Vollebekni qabul qildi.
TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama shakldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Norvegiya turli sohalarda, jumladan, BMT doirasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish tarafdori ekani ta'kidlandi. Shu o‘rinda, uchrashuvda Norvegiya hukumatiga BMT shafeligida Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik asosida Trast fondini yaratish bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani va ushbu fondga moliyaviy mablag‘ ajratgani uchun minnatdorchilik bildirildi.
Tomonlar siyosiy muloqotni faollashtirish va ikki mamlakat qonun chiqaruvchilari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish zarurligini ta'kidladilar. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida muntazam siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish amaliyotini uzoq tanaffusdan keyin davom ettirish, shuningdek, parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha deputatlar guruhlarini tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish taklif etildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni rivojlantirish ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi mumkinligi qayd etildi. Hozirgi vaqtda ushbu sohadagi ko‘rsatkichlar yirik salohiyat mavjudligidan dalolat beradi. Shu sababli iqtisodiy hamkorlikni muvofiqlashtiruvchi O‘zbekiston-Norvegiya institutini yaratish taklifi bildirildi.
Suhbat chog‘ida ilm-fan, madaniyat, ta'lim va kadrlar tayyorlash sohalaridagi hamkorlikning dolzarb jihatlari ham ko‘rib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sariosiyo aeroporti 20 yildan so‘ng faoliyatini tikladi
O‘zbekiston | 19:09
-
Toshkent yerusti metrosida 3 oy davomida rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi
Jamiyat | 19:07
-
Reuters: AQSh bojlari sabab dunyo kompaniyalari ko‘rgan zarar 34 mlrd dollardan oshdi
Jahon | 19:04
-
Toza energiya targ‘iboti: Sungrow O‘zbekistonda faoliyatini kengaytirmoqda
Jamiyat | 19:00
Mavzuga oid

16:03 / 17.05.2025
O‘zbekiston elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorlig‘ini topshirdi

20:44 / 02.05.2025
Polshada Norvegiyaning eng badavlat insonlaridan biri YTH oqibatida halok bo‘ldi

22:17 / 29.04.2025
Shpitsbergen arxipelagidagi yer maydoni 300 mln yevroga sotilishi mumkin

11:53 / 14.04.2025