Vazirlar Mahkamasining “2019 yil paxta hosilini yiğib-terib oliş işlarini uyuşqoqlik bilan ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga köra, Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Özpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Özagroservis” aksiyadorlik jamiyati, “Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşining 2019 yil hosili uçun yetiştirilgan paxta xomaşyosini terib olişda:

paxta xomaşyosining maşinada terilgan 1 tonnasi uçun 600 000 söm xizmat haqi tölaş;

paxta xomaşyosining qölda terilgan 1 kilogrammi uçun birinçi terimda — 800 sömdan, ikkinçi terimda - 1 200 sömdan mehnat haqi tölaş;

paxta yiğim-terimi mavsumida (paxta-töqimaçilik işlab çiqariş taşkilotlari va klasterlar faoliyat yuritayotgan hududlardan taşqari) vaqtinçalik işsiz fuqarolardan tayinlanadigan terim otryadi rahbarlariga har oyda 2 mln sömdan hamda tajriba tariqasida taşkil etilayotgan paxta terim markazlarining rahbarlari (menedjyerlari)ga har oyda 3 mln sömdan istisno tariqasida fuqarolik-huquqiy şartnomalar asosida Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat işlari jamğarmasi mablağlari hisobidan mehnat haqi tölaş töğrisidagi takliflari ma'qullandi.

Paxta-töqimaçilik işlab çiqariş taşkilotlari va klasterlarga paxta xomaşyosi yetiştiruvçi fermer xöjaliklarining moddiy manfaatdorligini oşiriş, yetiştirilgan paxta xomaşyosini öz vaqtida terib olişni ta'minlaş maqsadida özlariga biriktirilgan hududda paxta xomaşyosini qölda terib oliş uçun mehnat haqini mazkur qarorda belgilangan narxlardan kam bölmagan holda erkin belgilaş tavsiya etildi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Özbekiston Respublikasi prezidentining “Agrar sektorni qişloq xöjaligi texnikalari bilan öz vaqtida ta'minlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” 2019 yil 4 apreldagi PQ-4262-son qarori asosida eksperiment tariqasida Jizzax, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Toşkent viloyatlaridagi qişloq xöjaligi korxonalari tomonidan paxta teriş işlariga jalb qilinadigan paxta teriş maşinalari xizmatidan foydalanganlik uçun xarajatlarning 30 foizini qoplab beriş tartibini joriy yil 15 sentyabrga qadar tasdiqlaydi.

Belgilanişiça:

otryad rahbarlari terilgan paxta xomaşyosi miqdoridan kelib çiqqan holda Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat işlari jamğarmasi mablağlari hisobidan mehnat haqini oşirib boriş asosida rağbatlantiriladi;