Ötgan 2018 yil davomida Respublikaning turli xududlarida 48 ming tupdan ortiq tut daraxti  ötin uçun yoki boşqa maqsadlarda kesib ketilgan. Bu haqda bugun, 9 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda «Özbekipaksanoat» uyuşmasi mutasaddilari iştirokida “Respublikada ipakçilik tarmoğini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ijrosi va mohiyati yuzasidan  ötkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Tadbir davomida respublikaning turli hududlarida ipak qurtining asosiy ozuqasi bölgan – tut daraxtini kesib ketiş holatlari köp uçraşi va bu borada «Özbekipaksanoat» tomonidan qanday işlar amalga oşirilayotgani borasida savol bilan murojaat qilindi.

«Muammoni yaşirişning hojati yöq, bu mavjud holat. Albatta, joylarda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi xodimlari tomonidan nazorat taşkil qilinadi, lekin buni yetarli deb bölmaydi.

2019 yil 31 iyulda Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Pillaçilik tarmoğida çuqur qayta işlaşni rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori e'lon qilindi. 

Mazkur qarorda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş qömitasi «Özbekipaksanoat» bilan birgalikda ikki oy muddatda tut daraxtlarini ğayriqonuniy kesganlik, şikastlantirganlik yoki yöq qilganlik uçun undirilgan jarimalarning ellik foizi öşa hududda yangi tutzorlarni barpo qilişga yönaltiriş tartibini işlab çiqiş va Vazirlar Mahkamasiga kiritişi belgilangan. 

Mazkur qaror asosida endilikda tut daraxtlarini ğayriqonuniy kesganlik, şikastlantirganlik yoki yöq qilganlik uçun undirilgan jarimalar miqdori oşiriladi. 

Biz bundan taşqari tut daraxtini ğayriqonuniy kesişning salbiy oqibatlari haqida doimiy tuşuntirişlar olib bormoqdamiz»,- deya «Özbekipaksanoat» uyuşmasi Boşqarma boşliği Xasan Komilovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.