Amaldagi qonun hujjatlariga binoan, Vazirlar Mahkamasi a'zolari, vazirlar lavozimga tayinlanişidan avval ularning nomzodi avvalo Oliy Majlis Qonunçilik palatasida deputatlar tomonidan körib çiqilib, ma'qullanadi.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasida tarkib topgan yangi amaliyotga muvofiq, ayni daqiqalarda siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda Ekoharakat deputatlik guruhida deputatlar Hukumat a'zoligiga tayinlanayotgan nomzodni körib çiqyaptilar.
Bu gal Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga nomzod muhokamasi ötkazilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Matbuot xizmati xabariga köra, Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga ayni paytda Toşkent şahri Sergeli tumani hokimi lavozimida işlab kelayotgan Nozim Husanovning nomzodi körsatilgan.
Fraksiyalar yiğilişlarida N.Husanov deputatlar tomondan kötarilgan savollarga atrofliça javob qaytardi hamda ular e'tiboriga mazkur lavozimga kirişganidan söng fuqarolar bandligini ta'minlaş sohasidagi islohotlarning samaradorligini oşiriş maqsadida kelgusida qiladigan işlari böyiça öz Harakatlar dasturi haqida atrofliça axborot berdi.
Uşbu masala bugun Oliy Majlis Qonunçilik palatasining yalpi majlisida batafsil körib çiqiladi.
Bundan oldin, Toşkent şahrining Sergeli tumani hokimi Nozim Husanov Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlanişi xabar berilgandi.













