Rossiyaning Yekaterinburg şahrida bölib ötayotgan jahon çempionatida - 63 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Elnur Abduraimov ilk jangini muvaffaqiyatli ötkazdi.

U jazoirlik Rizo Benbazizga qarşi ötgan uç raundlik jang ötkazib, yakunda hakamlar qaroriga köra ğolib deb topildi - 5:0. Jang davomida Abduraimovning kuçli zarbasidan keyin jazoirlik boksçi nokdaun holatiga tuşdi va referi hisobni oçişga majbur böldi.

Abduraimovni keyingi bosqiçda amerikalik Keyşoun Devis kutib turibdi. Bu jang 14 sentabr kuni ötkaziladi.

Bundan avvalroq Özbekiston boks terma jamoasining -52 kilogramm vazn toifasidagi vakili, Rio-de-Janeyrodagi Olimpada çempioni Şahobiddin Zoirov turkmanistonlik Yihlas Giliçjanovni mağlubiyatga uçratib, ikkinçi bosqiçga ötgandi. Zoirov ham navbatdagi jangini 14 sentabr kuni ötkazadi, uning raqibi Dominikan Respublikasi vakili Rodrigo Marte böladi.

9-10 sentabr kunlarida Özbekiston boks terma jamoasining yana 2 nafar vakili, -75 kilogramm vazn toifasidagi Fanat Qahramonov va -81 kg vazn toifasidagi Dilşod Rözmetov saralaş bosqiçidan muvaffaqiyatli ötişdi, ularning ikkisi ham möğulistonlik boksçilarni işonçli tarzda mağlubiyatga uçratib, ikkinçi bosqiçga ötişgandi.

Qur'a natijalariga köra, Özbekiston boks terma jamoasining qolgan vakillari quyidagi raqiblarga qarşi jang qilişadi:

-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – De Andrade (Braziliya) / Ivanov (Polşa) (15 sentabr)
-69 kg: Bobousmon Baturov – Arregui (Argentina) / Mikkalef (Çernogoriya) (16 sentabr)